Yoshlar Ittifoqi yoshlar uchun uy-joy nega tarqatilmaganiga izoh berdi
2017 yildan buyon Toshkent shahrida imtiyozli shartlar bilan uy sotib olish uchun, jamiyatda faol va iqtidorli bo‘lgan 630 nafar yoshga maxsus sertifikat topshirilgandi. Ammo hanuzgacha uy-joydan darak yo‘q. Ushbu masala yuzasidan Yoshlar Ittifoqi Markazi kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev izoh berdi.
«O‘tgan yillar davomida Toshkent shahrida bir necha nafar yoshlarning uy-joy olish jarayoni kechikkan. Lekin vaziyatni tushunishingizni istayman: yillar davomida boquvchisini yo‘qotgan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxs va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar uy-joysiz sarson bo‘lgan. Ularning ichida yoshlar ham bor.
Ularning uy-joy bilan ta'minlanmagani tufayli, Toshkent shahrida uy-joyga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortib ketgan», – deydi Alisher Sa'dullayev.
Sa'dullayevning aytishicha, iqtidorli yoshlar uchun qurilayotgan uy-joy birinchi galda nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga nasib etdi. Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurov va boshqa mutasaddilar, uyga da'vogar yoshlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda, qo‘lida sertifikati bor, iqtidorli yoshlar uchun uy-joy qurish masalasi muhokama etilgani ta'kidlandi.
«Birinchi bosqichda, Choshtepa mavzesida qurilayotgan uylarning 150ta xonadoni 10 fevralda foydalanishga topshiriladi. Hamma – 630 nafar imtiyozli shartlar bilan uy sotib olishga sertifikatga berilgan yoshlarga bosqichma-bosqich uylar taqdim etilishi ma'lum qilindi. Masalan, keyingi bosqich – aprel, may va so‘nggi – 30 iyun», – deb qo‘shimcha qilgan u.
Shunga qaramay, Yoshlar Ittifoqi vakillari yoshlar uchun uylarning qachon qurilishi to‘g‘risida aniq ma'lumotiga ega emas. Ular bu jarayon tashkilot vakolatida emasligini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid
14:40 / 22.12.2024
Eskrou tizimi: u joriy etilsa, mijozlar quruvchilarga aldanmaydimi?
10:11 / 18.12.2024
Uy-joy qurilishida yangi tizim joriy etilishi mumkin
17:03 / 04.12.2024
Termitlar tufayli yaroqsiz holga kelgan uy egalariga boshqa uy-joy beriladi
18:32 / 02.12.2024