O‘zbekiston | 17:50 / 30.01.2019
7049
2 daqiqa o‘qiladi

​«Career Bridge» - xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va ish beruvchilar o‘rtasidagi muloqot!

O‘zbekistonda ilk marotaba O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan xorijiy mamlakatlarda ta'lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar uchun «Career Bridge» loyihasi taqdim etilmoqda. «Career Bridge» - O‘zbekistonning davlat, xususiy va xalqaro kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotdir. Tadbir joriy yilning 16 fevral kuni soat 11:00da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida onlayn videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadi. Unda yosh mutaxassislar O‘zbekistonning davlat va xususiy sektorida ish beruvchilar bilan tanishishlari mumkin.

Loyihaning asosiy maqsadi nomzodlar va ish beruvchilar uchun platforma yaratishdan iborat. Videokonferensiyada O‘zbekistonning davlat va xususiy sektorlarida ish beruvchilar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma'lumotlar berilishi, shuningdek, yosh mutaxassislarning va kompaniyalarning imkoniyatlarini va talablarini aniqlash ko‘zda tutilgan. Mazkur videokonferensiyada Xitoy, Latviya, Rossiya, Turkiya va Yaponiyaning yetakchi universitetlarining 2000 dan ortiq bitiruvchilari ishtirok etadi.

Xorijiy mamlakatlarda ta'lim olayotgan yoshlarimizni O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining rasmiy sahifalarida jonli videomuloqotda kutamiz.

Facebook: facebook.com/wayu.uz

Instagram: instagram.com/wayu.uz

Jonli efir vaqti 2019 yil 16 fevral soat 11:00 da.

Batafsil ma'lumotlar: www.wayu.uz

 

Mavzuga oid