Davlat xizmatlari markazi yana bittaga ko‘paydi, bu safar Jizzaxda
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida yangi zamonaviy Davlat xizmatlari markazi o‘z eshiklarnini ochdi. Mazkur tumanning 51 mingdan ortiq aholisi endi qulay va sifatli davlat xizmatlarini olish imkoniga ega. Viloyatga tashrif buyurgan Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi, deya xabar beradi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.
Yuqori xizmat ko‘rsatish standartlari, davlat xizmatlarini olish tartibini soddalashtirish va tezkorlik, fuqarolarni kutish vaqti unumli o‘tishini ta'minlash —Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini tashkillashtirishda bularning barchasiga alohida e'tibor qaratiladi.
An'anaga ko‘ra, har bir ochilayotgan Davlat xizmatlari markazi avvalgisidan qo‘shimcha yaratilgan sharoitlar va joriy etiladigan va sinov tariqasida ko‘rsatiladigan yangi xizmatlar bilan farqlanadi. Mirzacho‘l tumani markazi ushbu an'anani davom ettirdi.
Navbati kelguncha fuqarolar markazdagi kutubxonada qiziqarli kitob o‘qishi, bolalar esa maxsus jihozlangan maydonchada vaqtini o‘tkazishi mumkin. Bundan tashqari, markazning o‘zida “Baxt uyi”, tuman adliya bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi ham joylashgan.
Shuningdek, markaz eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish, fuqarolik pasportini olish va almashtirish uchun zarur bo‘lgan texnika bilan jihozlangan. Barcha xizmatlar elektron navbat tartibida ko‘rsatiladi.
2019 yil O‘zbekistonda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e'lon qilindi. Mazkur nomlanish barcha sohalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan mezonlarni belgilaydi. Davlat xizmatlari tizimi ham bu jarayondan chetda qolgani yo‘q. Ilk bor yangi markazda tashkil etilgan investorlar uchun tashkil etilgan maxsus xona — buning yaqqol misolidir. Bu yerda tadbirkorlar yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, imtiyozlar, O‘zbekistonda biznesni ochishning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma'lumot olishlari mumkin.
Mavzuga oid
15:53 / 17.12.2024
Davlat xizmatlari sohasidagi rejalar bo‘yicha ma’lumot berildi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024