Tramp Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqilishi shartini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha tinchlik kelishuvlariga erishilsa, ushbu davlatdan qo‘shinlarini olib chiqishga tayyorligini aytdi.
“Birinchi marta ular [toliblar] vaziyatni tartibga solish, kelishuv haqida gapirmoqdalar. Agar bu yuz bersa, biz qo‘shinlarimizni uyga qaytaramiz. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Biroq jiddiy muzokaralar ilk bor o‘tmoqda”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga.
Avvalroq AQSh hukumati amerikalik vakillar va toliblar o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli rivojlanish borligini ma'lum qilgan. AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchisi Zalmoy Xalilzod taxminiy kelishuvlarga erishilganini ma'lum qilgan, biroq toliblar hozircha buni tasdiqlashmagan.
Mavzuga oid
08:56
AQSh Ukrainaga 1,25 mlrd dollarlik yordam paketini tayyorlamoqda
07:50
AQSh AZAL layneri Rossiya HHM zarbasi tufayli halokatga uchragani belgilarini ko‘rmoqda
22:49 / 27.12.2024
AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi
21:44 / 27.12.2024