Fan-texnika | 11:29 / 07.02.2019
10115
1 daqiqa o‘qiladi

Noyob Ferrari 4,3 million yevroga sotildi

Foto : Sotheby’s

1987 yilda ishlab chiqarilgan noyob Ferrari poyga mashinasi Parijdagi Sotheby’s auksionida 4,3 mln yevroga sotildi.  

Auksion 6 fevral kechki vaqt an'anaviy retroavtomobillar saloni doirasida bo‘lib o‘tgan. Auksionga 90 ga yaqin lot qo‘yilgan, ular orasida Ferrari, Porsche, BMW, Bugatti markalarining turli yillardagi lyuks mashinalari bo‘lgan.

Ko‘k rangdagi Ferrari mashinasi Michelotto kompaniyasi tomonidan loyihalangan 19 ta avtomobildan biri hisoblanadi. Superkar 1995 va 1996 yillardagi “Le-Man 24 soati” poygasida ishtirok etgan, 1995 yilda Anderstorp 4 Hours poygasida g‘olib bo‘lgan. 

Auksionda sotilgan qimmatbaho lotlar orasida 1966 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 275 Gtb/6 C va Porsche 550 RS Spyder modellari ham bo‘lgan. Mashinalar mos ravishda 2,85 million va 2,7 million yevroga sotilgan.

Mavzuga oid