Jahon | 00:44 / 08.02.2019
54800
2 daqiqa o‘qiladi

Musulmonlarni keskin tanqid qilgan niderlandiyalik siyosatchi islom dinini qabul qildi

Niderlandiyalik siyosatchi, “Ozodlik partiyasi”ning sobiq a'zosi Yoram van Klaveren islom dinini qabul qildi. Bu haqda Euronews telekanali ma'lum qildi.

Van Klaveren 2010 yildan 2014 yilgacha ultra-o‘ng “Ozodlik partiyasi” a'zosi bo‘lgan va musulmonlarni keskin tanqid ostiga olib, ularning dinini “yolg‘on” deb atagan.

Siyosatchining aytishicha, u islom dinini qabul qilish qaroriga ushbu din haqida kitob yozgandan keyin kelgan.

“Kitobni yozish mobaynida o‘zim uchun yangi narsalarni ochdim va bu holat qarashlarimni o‘zgartirishimga majbur qildi”, deb aytgan siyosatchi mahalliy radioga bergan intervyusida.

Siyosatchi jurnalistlarning savollariga javob berish davomida avval “nohaq” bo‘lganini aytgan va partiyasi siyosatining “barcha noto‘g‘ri narsa baribir islom bilan bog‘liq bo‘lishi kerak” degan tamoyilida harakat qilganini qo‘shimcha qilgan.

Bu ultra-o‘ng siyosatchi musulmonga aylanayotgan birinchi holat emas. 2013 yilda shu partiyaning yana bir a'zosi Arno van Doorn ham islom dinini qabul qilgan.

Mavzuga oid