Jahon | 10:25 / 08.02.2019
11965
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Britaniya Skripallarni zaharlashda qatnashgan yana ikki kishini topdi

Foto: REUTERS

Britaniya huquq-tartibot idoralarining taxminicha, GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda agentlar Aleksandr Petrov, Ruslan Boshirov va Sergey Fyodorovdan tashqari yana ikki rossiyalik ishtirok etgan. Bu haqda Daily Mail politsiyadagi yuqori martabali manbalarga asosan xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Britaniya politsiyasi «bir necha hafta» davomida Skripallarni zaharlashda rossiyalik yana ikki shaxsning ishtiroki haqidagi dalillarni taqdim etadi. Shuningdek, manbalarning aytishicha, rossiyaliklar mamlakatga turistik viza bilan kelgan va hozirgi vaqtda Rossiya hududi bo‘lib turishibdi. Ta'kidlanishicha, ular Petrov va Boshirovdan alohida sayohat qilgan hamda zaharlash holatidagi roli «nisbatan kamroq».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallarni zaharlashda qatnashgan uchinchi shaxs suiqasddan keyin Britaniyada qolgani xabar berilgandi.

The Telegraph'ning yozishicha, GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani Solsberida zaharlashda «rus agentlari» Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirovga Sergey Fyodorov yordam bergan. U suiqasddan so‘ng Britaniyada bir muddat davomida qolgan.

Mavzuga oid