O‘zbekiston yevrobonddan kutilgandek natija olmoqda
O‘zbekiston yevrobondlariga talab kutilganidan yuqori bo‘lmoqda, deb yozadi Reuters.
Hukumat 1 milliard AQSh dollari miqdorida yevrobondlar chiqarishni rejalashtirayotgan bir paytda, yevrobondga bo‘lgan talab London birjasida keskin ortib ketgan. O‘zbekiston tomoni London vaqti bilan soat 12:15ga kelib, talabning ko‘pligini inobatga olib, 5 yillik obligatsiyalar narxini 5,0—5,125 foizga, 10 yillik obligatsiyalar narxini esa 5,625—5,75 foizga tushirgan.
«Ammo hukumat ochiq va shaffof siyosatni namoyish etishi, barchaning ishonchini shu yo‘l bilan qozonishi kerak», – deb ta'kidlagan birja boshqaruvchilaridan biri.
Hukumat rejasiga ko‘ra, 5 va 10 yillik 500 million dollardan jami 1 milliard dollarlik bondlar realizatsiya qilinishi kutilayapti. Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga ko‘ra, 2020 yilga qadar yana bondlar muomalaga kiritiladi.
Ma'lum qilinishicha, pasaytirilgan narx bo‘yicha O‘zbekiston obligatsiyalariga talab 8,5 milliard dollardan oshib ketdi.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024