Jahon | 14:25 / 23.02.2019
13657
1 daqiqa o‘qiladi

Uorren Baffett bir kunda 4,3 mlrd dollar yo‘qotdi

Foto: Getty Images / Alex Wong

Uorren Baffettning Berkshire Hathaway shirkati bir kunda 4,3 mlrd dollar yo‘qotdi. Bunga eng yirik aktivlaridan biri bo‘lgan Kraft Heinz’ning aksiyalari bir nechta noto‘g‘ri xabarlar tufayli qulagani sababdir. Bu haqda CNBC xabar tarqatdi.

Juma kungi savdo sessiyasi davomida Kraft Heinz Amerika oziq-ovqat konserni aksiyalari 27 foizga tushib ketib, bir aksiya uchun 34,95 dollarlik darajada yopildi.

2018 yil oxirida Kraft Heinz’ning 325 mln aksiyalariga (26,7%) egalik qilgan Berkshire Hathaway uchun bu yo‘qotishlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Berkshire Hathaway bir kunda 4,31 milliard dollar yo‘qotdi, deya aniqlik kiritgan telekanal. Kraft Heinz Berkshire’ning Apple, bir necha banklar va Coca-Cola’dan keyin yiriklik darajasi bo‘yicha oltinchi xoldingi hisoblanadi.

Mavzuga oid