«Davlat belgisi» birlashmasi strategik xaridorga aylandi
«Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonun endi Toshkent bosma fabrikasi, Toshkent qog‘oz fabrikasi va Toshkent zarbxonasiga tatbiq etilmaydi, deb yozmoqda Norma.
Prezidentning 22.02.2019 yildagi PF–5668-son farmoni bilan «Davlat belgisi» DIChB tarkibidagi uchta tashkilot: Toshkent bosma fabrikasi, Toshkent qog‘oz fabrikasi va Toshkent zarbxonasi strategik xaridorlar sirasiga kiritildi. Endi Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarining ro‘yxati 22 bandni o‘z ichiga oladi.
Ma'lumot uchun: strategik xaridorlar – mamlakatning butun iqtisodiyoti uchun muhim rol o‘ynaydigan davlat tashkilotlari. Davlat xaridlari yangi tizimini joriy etish sharoitida ular uchun istisno qilingan: joriy ishlab chiqarish faoliyatining uzluksiz amalga oshirilishini ta'minlash, mazkur korxonalarning eksport salohiyatini yuksaltirish hamda raqobatdoshligini oshirish maqsadida strategik xaridorlarga «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonun tatbiq etilmaydi (1-moddasining uchinchi qismi).
Xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar, summasidan qat'i nazar, eng yaxshi takliflarni tanlab olish (elektron do‘kon orqali xarid qilmay, boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun auksion, shuningdek tanlov va tender) yo‘li orqali tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish shartnomalarini, shu jumladan, import shartnomalarini tuzish huquqiga ega. Takliflarni strategik xaridorlarning o‘zlari tomonidan tuziladigan va ularning rahbarlari boshqaradigan idoraviy tanlov komissiyalari baholaydi. Bunda ekvivalenti 50 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan summadagi tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishga bo‘lgan texnik topshiriqlar va kontraktlar Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazda ekspertizadan va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Quyidagicha amalga oshirilayotgan tovarlar, ishlar, xizmatlarning davlat xaridlari bundan mustasno:
• rivojlantirish davlat dasturlarini, prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida;
• O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va O‘zbekiston kafolatlari orqali jalb qilinayotgan kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan kontraktlar bo‘yicha.
Hujjat 23.02.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
11:45 / 29.11.2024
Xarid qilish tartib-taomillarining yangi turlari joriy etiladi
07:50 / 25.09.2024
Ikki oyda 3,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi
07:35 / 10.09.2024
Ikki oyda 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi
10:24 / 14.10.2023