Iqtisodiyot | 07:35 / 10.09.2024
3771
4 daqiqa o‘qiladi

Ikki oyda 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi iyul va avgust oylarida qariyb 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini o‘tkazishda qonunchilik talablari buzilganini aniqladi. 

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi iyul-avgust oylarida qariyb 20 milliard so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldini oldi.

Xaridlar bo‘yicha eng ko‘p qoidabuzarliklar Qo‘qon obodonlashtirish boshqarmasi (6,3 milliard so‘m) va Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasida (1,7 milliard so‘m) qayd etilgan.

Qo‘mitaning ta’kidlashicha, savdolar davomida raqobatni cheklaydigan, shuningdek, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun talablariga zid bo‘lgan xatti-harakatlar amalga oshirilgan.

Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, xaridorlarga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, noqonuniy amalga oshirilgan xaridlar bekor qilindi.

Jumladan, Andijon viloyati misolida:

  • Baliqchi tuman Tibbiyot birlashmasining 100 mln so‘mlik;
  • Marhamat tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 200 mln so‘mlik;   
  • Andijon davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyining 180 mln so‘mlik; 
  • Xonobod shahar Tibbiyot birlashmasining 645 mln so‘mlik;

Buxoro viloyati misolida:

  • Jondor tuman Tibbiyot birlashmasining 210 mln so‘mlik;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 270 mln so‘mlik;
  • Kogon shahar Tibbiyot birlashmasining 650 mln so‘mlik;

Jizzax viloyati misolida:

  • Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik litseyining 1 mlrd so‘mga yaqin;

Qashqadaryo viloyati misolida:

  • Yakkabog‘ tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 150 mln so‘mlik;
  • Chiroqchi tuman Tibbiyot birlashmasining 1,7 mlrd so‘mlik;

Xorazm viloyati misolida:

  • Bog‘ot tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 1,1 mlrd so‘mlik;
  • Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 1 mlrd 22 mln so‘mlik;

Namangan viloyati misolida:

  • Kosonsoy tuman 3-son Kasb-hunar maktabining 250 mln so‘mlik; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida:

  • Nukus shahar Tibbiyot birlashmasining 748,2 mln so‘mlik;

Sirdaryo viloyati misolida:

  • Xovos tuman Tibbiyot birlashmasining 89,9 mln so‘mlik;

Navoiy viloyati misolida:

  • Karmana tumani “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan ixtisoslashtirilgan 25-sonli maktab internati” DMning 440 mln so‘mlik;

Samarqand viloyati misolida:

  • Bulung‘ur tuman Tibbiyot birlashmasining 973,6 mln so‘mlik;

Toshkent viloyati misolida:

  • Chirchiq shahar Madaniyat bo‘limining 344,7 mln so‘mlik;

Toshkent shahri misolida:

  • “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi” markazining 907,1 mln so‘mlik;
  • “O‘zbektelekom” AJning 494,9 mln so‘mlik;
  • Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining 450 mln so‘mlik;

Farg‘ona viloyati misolida:

  • Farg‘ona shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 100 mln so‘mlik;
  • Bag‘dod tuman Obodonlashtirish boshqarmasining  492 mln so‘mlik;
  • Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 6,3 mlrd so‘mlik;
  • Buvayda tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasining 165,5 mln so‘mlik.

Mavzuga oid