Komil Allamjonov: «Matbuot xizmatlari talab darajasida ishlamayapti»
Vazirlik va idoralarning matbuot xizmati talab darajasida ishlamayapti, deb bayonot berdi Komil Allamjonov. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Allamjonovning aytishicha, bu sohadagi muammolarni bartaraf etish mexanizmlari ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
5 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida jurnalistika sohasiga oid huquqiy-normativ aktlarga o‘zgartirish kiritish orqali ularni takomillashtirish bo‘yicha davra suhbati muhokamalari bo‘lib o‘tmoqda.
«Agar jurnalistlar davlat tashkilotlaridan ma'lumot olishda sun'iy to‘siqlar va muammolarga duch kelsa, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi o‘sha tashkilot rahbariyatiga taqdimnoma kiritish huquqiga ega», — deya ta'kidladi Allamjonov.
Agentlik direktori O‘zbekistonda OAV huquqlarini kafolatlash va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, davlat idoralarining OAV faoliyatiga asossiz aralashuvidan ogohlantirish, OAV hamda davlat idoralari, jismoniy, yuridik shaxslar o‘rtasidagi nizoli holatlarni hal qilish bilan shug‘ullanuvchi Media-ombudsmen instituti ta'sis etilishini ma'lum qilgandi.
Shuningdek, 2019 yil 1 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi jurnalistining umume'tirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etish bo‘yicha me'yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish rejalanayotgani bildirilgandi.
«Ba'zi tashkilotlarda matbuot kotibi vakansiyasi bo‘sh ekanligini ham ko‘rish mumkin. Bu lavozimga ko‘pchilik qiziqmaydi, chunki bu lavozimning nufuzi yo‘q. Idora rahbariyati matbuot xizmati bilan mutlaqo hisoblashmaydi, hisob. Axborot siyosatini yuritishda matbuot kotiblarining roli sezilmaydi», — deb qo‘shimcha qiladi Allamjonov yig‘ilishda.
Eslatib o‘tamiz, Prezident matbuot kotibi lavozimida ishlagan Komil Allamjonov Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan.
Mavzuga oid
16:28 / 20.12.2024
O‘zbekiston Interpol orqali Rasayev va Temirxanovni xalqaro qidiruvga berdi
22:07 / 03.12.2024
“Banditlar boshqargan ekan-da?” - Javlon Yunusovning Toshkentdagi qurilish loyihalaridan odamlar norozi
01:57 / 26.11.2024
Allamjonovga suiqasd: tergovning yangi tafsilotlari, jinoyatni fosh etishga to‘sqinlik qilgan amaldorlar va katta tozalash
16:11 / 25.11.2024