Jamiyat | 12:36 / 07.03.2019
8091
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda yuz bergan yong‘in oqibatida 83 yoshli fuqaro halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

2019 yil 6 mart kuni Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida yashagan 83 yoshli A.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. 

Oqibatda uyining pol qismi va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda A.B.ning jasadi topildi. 

Yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid