Jahon | 16:54 / 08.03.2019
8197
1 daqiqa o‘qiladi
Jimmi Karter Trampga yordam berish uchun KXDRga borishga tayyor
AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter Shimoliy Koreyaga borib, Amerika yetakchisi Donald Trampga KXDR rahbari Kim Chen In bilan muzokaralarda «boshi berk ko‘chadan» chiqishda yordam berishga tayyor. Bu haqda Politico xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, agar AQSh hukumati undan yordam so‘rasa, Karter KXDRga borishga tayyordir.
Qayd etilishicha, Karter Shimoliy Koreyada hurmat bilan qaraluvchi shaxs sanaladi.
Shu bilan birga, AQSh sobiq prezidenti KXDR va boshqa mamlakatlardagi tinchlikparvar missiyalarda bir necha bor qatnashgan.
Bundan oldin, AQSh Shimoliy Koreyaning yadroviy qurolsizlanish muddati haqida ma'lumot bergandi.
Mavzuga oid
16:21
Rossiyadagi KXDR harbiylari: ular qanday jang qiladi va dezertirlik qilishi mumkinmi?
12:20 / 24.12.2024
NYT: KXDR qo‘shinlarini Rossiyaga yuborish g‘oyasi Pxenyandan chiqqan
19:15 / 23.12.2024
KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq harbiysidan ayrilgani ma’lum qilindi
09:12 / 23.12.2024