O‘zbekistonda Malayziya bilan hamkorlikda maishiy texnika buyumlari ishlab chiqarilishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Malayziyaning Johor shtatida «ATAIMSBerhad» kompaniyasi rahbariyati bilan O‘zbekistonda maishiy texnika buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirish masalasini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Muzokaralar yakuniga ko‘ra investitsion loyihani amalga oshirish shart-sharoitlarini hamda kompaniya mahsulotlariga O‘zbekiston bozorida bo‘lgan talabni o‘rganish uchun mazkur korxona delegatsiyasining respublikamizga tashrifini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi TIV xabarida.
«ATA IMS Berhad» kompaniyasi 1972 yilda tashkil etilgan bo‘lib, maishiy texnika mahsulotlari (changyutkichlar, havo tozalagichlar, konditsionerlar, LED chiroqlar, avtomobillar uchun sensorlar, filtrlar, tibbiyot buyumlari) ishlab chiqaradi va dunyoning 30 mamlakatiga eksport qiladi.
Avvalroq Malayziya Islom ilmiy universiteti O‘zbekiston ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:09 / 20.12.2024
Malayziya 10 yil oldin yo‘qolgan MH370 reysini qidirish ishlarini qayta boshlashga qaror qildi
14:10 / 20.12.2024
Malayziya banki O‘zbekistonda o‘z filialini tashkil etishi mumkin
10:55 / 18.12.2024
Malayziya bilan "aqlli" shahar texnologiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi
22:20 / 08.12.2024