Jahon | 20:26 / 10.03.2019
10560
2 daqiqa o‘qiladi

«Trollar fabrikasi» AQShdagi 2020 yilgi saylovlardan oldin o‘z strategiyasini o‘zgartirdi

Foto: sputniknews

Kiberxavfsizlik bo‘yicha Amerika ekspertlari 2020 yildagi AQSh prezidenti saylovlariga aralashishga urinayotgan rossiyalik internet-trollarning strategiyasi o‘zgarganini ta'kidlamoqdalar.

Bu haqdagi Bloomberg nashri tomonidan tayyorlangan maqolada «trollar fabrikasi» deb nomlangan va xodimlari AQShda tergov ostida bo‘lgan Sankt-Peterburgdagi Internet izlanishlari agentligi harakatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Kibermutaxassislar talqiniga ko‘ra, 2016 yilgi saylovlardan so‘ng, «trollar fabrikasi» yangi kampaniyaga samarali ta'sir o‘tkazish uchun o‘z strategiyasini o‘zgartirgan. Symantec Corp. xulosasiga qaraganda, 2017 va 2018 yillarda yangi kontent yaratilishi kamaygan.

Bloomberg nashrining yozishicha, yangi strategiyaning mohiyati quyidagicha: avval trollar o‘z kontentini yaratib, uni tarqatishga uringan bo‘lsa, endi ular ijtimoiy tarmoqlarda mavjud bo‘lgan siyosiy ixtilofning ahamiyatini oshirishga harakat qilishadi.

Yangi strategiyani amalga oshirish uchun trollar qalbaki akkauntlardan ko‘plab izohlarni qoldirmoqdalar. Symantec Corp. xabariga ko‘ra, ba'zi hakerlar kompyuterlarni buzib, ulardan ko‘plab yangi akkauntlarni yaratishda foydalanmoqdalar. Natijada ular haqiqiy foydalanuvchidek taassurot qoldirmoqda.

Yangi strategiya 2016 yilgi saylovdan so‘ng Tvitter va Feysbukdagi qalbaki akkauntlarga nisbatan o‘rnatilgan cheklovlarni aylanib o‘tishga urinish bilan bog‘liq. Bu mantiqqa binoan, trollar o‘zlarining ishonchsiz ma'lumotlarini tarqatish orqali, tezda «filtr»ga tushib qoladilar. Yangi strategiya bilan esa trollar «kimningdir orqasida yashirinib olishadi», deb hisoblaydi FireEye Inc. vakili Jon Hultkvist.

Mavzuga oid