Jamiyat | 10:00 / 11.03.2019
12561
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyatida «O‘zpaxtasanoat» AJ tashkil etgan yangi tikuvchilik majmuasi ishga tushirildi

Joriy yilning 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashriflari chog‘ida, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati oldiga 2019 yil davomida viloyat xududlarida jami 32 ta tikuvchilik va to‘qimachilik korxonalarini tashkil etish va ularda yaratiladigan 4200 ta yangi ish o‘rinlariga xotin-qizlarni ishga joylashtirish vazifalarini belgilab berdilar.

Sirdaryo viloyatining Xovos tumani Bunyodkor mahallasida dastlabki yengil konstruksiyali tikuvchilik majmuasi tashkil etildi. Uning ochilish marosimida bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, Sirdaryo viloyati hokimi G‘afur Mirzayev, prezident maslahatchisining o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev, “O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruv raisi Alisher Maqsudov ishtirok etdi.

Mazkur loyihani amalga oshirish jarayonida korxonani joylashtirish hududini belgilash va tegishli muhandislik tarmoqlariga ulashda Sirdaryo viloyati va Xovos tumani hokimliklari zaruriy amaliy yordam ko‘rsatdi.

Loyihani amalga oshirish hisobiga mazkur mahallada 140 nafar ishlash istagini bildirgan xotin-qizlar ishga qabul qilindi. 

Korxonaning to‘liq quvvatlarda ishga tushirilishi natijasida yiliga 8 mln. dona har xil tayyor tikuvchilik mahsulotlari (sochiq, bolalar va kattalar kiyimlari, maxsus kiyimlar, choyshablar) ishlab chiqariladi va mahsulotlarning dastlabki yillar davomida 60 foizi eksportga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

 

Mavzuga oid