O‘zbekiston | 17:19 / 12.03.2019
58798
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiya boshlig‘i tuman hokimi etib tayinlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiya rahbari Umarbek Yaxshimurodovich Xalilov lavozimdan ozod etildi.

Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, u Navoiy viloyatining Nurota tumaniga hokim etib tayinlangan.

Umarbek Xalilov bu lavozimda Jamoliddin Jumaqulovich Hamroyev o‘rnida ish boshlaydi.

Umarbek Xalilov 2017 yilning aprelidan 2018 yilning mayigacha Navoiy viloyati Navoiy shahri hokimi bo‘lib ishlagan. U o‘tgan yilning 17 mayida Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiyaga rahbar etib tayinlangandi.

Ayni vaqtda Agroinspeksiyaning yangi rahbari kim bo‘lgani haqida ma'lumot yo‘q.

Qayd etish kerakki, bugun Navoiy viloyatiga tashrif buyurgan prezident Shavkat Mirziyoyev Nurota tumanida ham bo‘ldi va «Chashma» ziyoratgohini ziyorat qildi.

Mavzuga oid