Fan-texnika | 23:14 / 16.03.2019
11369
1 daqiqa o‘qiladi

Keng miqyosdagi nosozlikdan so‘ng Telegram ishi qayta tiklandi

Foto: RIA Novosti / Kirill Kallinikov

Telegram jamoasi messenjerning ishi nosozlikdan so‘ng qayta tiklangani haqida ma'lum qildi. 

Telegram ishidagi nosozlik bugun, 15 mart kech soat beshlarda kuzatilgan. Downdetector portali ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Turkiya va AQShdagi foydalanuvchilar xabar olish va jo‘natishda, tizimga kirishda muammolarga duch kelgan.

"Hozirda faoliyat tiklandi. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Agarda guruh chatlaringizni ko‘rmayotgan bo‘lsangiz, tizimdan chiqib, qayta kiring", - deyiladi messenjerning Twitter sahifasida.

Avvalroq Telegram foydalanuvchilari soni bir sutka ichida odatdagidan 10 barobarga ko‘paygani xabar qilingandi.

Mavzuga oid