Sport | 22:13 / 18.03.2019
11606
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyga yo‘l oldi

Foto: O‘FA sayti

O‘zbekiston milliy jamoasi shu yilning 21-25 mart kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan «China Cup - 2019» xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30da Toshkent - Pekin - Nanning yo‘nalishi bo‘ylab Xitoyga yo‘l oldi, deb xabar beradi O‘FA sayti. 

Foto: O‘FA sayti

Eslatib o‘tamiz, «China Cup-2019» xalqaro musobaqasida O‘zbekiston, Urugvay, Xitoy va Tailand milliy jamoalari kuch sinashadi. 

O‘zbekiston musobaqani 22 mart kuni Urugvay milliy jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Xitoy esa  21 mart kuni Tailand bilan kuch sinashadi. Yarimfinalda g‘olib chiqqan jamoalar 25 mart kuni finalda o‘zaro to‘qnash kelishadi. Shuningdek, yarimfinalda mag‘lubiyatga uchragan jamoalar 25 mart kuni 3-o‘rin uchun bahsda maydonga tushishadi.

Foto: O‘FA sayti

Mavzuga oid