Fan-texnika | 20:22 / 21.03.2019
39302
1 daqiqa o‘qiladi

Olib qochish qiyin bo‘lgan avtomobillar reytingi e'lon qilindi 

Britaniyaning Thatcham Research tadqiqot markazi olib qochish qiyin bo‘lgan avtomobillar reytingini e'lon qildi

Tadqiqotchilar sinov doirasida 11 rusumdagi avtomobilni mexanik usul bilan yoki elektron himoya tizimidagi zaiflikdan foydalanib "olib qochishga" harakat qilib ko‘rishdi.

Eng yuqori o‘rinlarni Audi e-tron, Mercedes-Benz B-Class hamda Jaguar XE va Land Rover Evoque avtomobillari egalladi.

Audi e-tron
Mercedes-Benz B-Class
Jaguar XE
Land Rover Evoque

 Ford Mondeo, Kia ProCeed, Hyundai Nexo, Porsche Macan, Lexus UX va Toyota Corolla Hybrid past baho oldi. Sinovlar davomida ularni masofadan turib ochish mumkinligi ayon bo‘ldi.

Eng oxirgi o‘rinni Suzuki Jimny avtomobili egalladi. 

Suzuki Jimny

Mavzuga oid