O‘zbekiston | 14:38 / 22.03.2019
63659
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan podpolkovnik Rafiqjon Qo‘ldoshevich Jalilov Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu lavozimga tayinlangunga qadar podpolkovnik R.Jalilov Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus divizioni qo‘mondoni lavozimida ishlagan.

Ma'lumot uchun, quyidagilar Toshkent shahar YHXBning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yo‘l-transport infratuzilmasining holati, yo‘l-transport hodisalari dinamikasi, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi, yo‘llarning tirbandligi, transport vositalarining texnik holatini hisobga olgan holda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kompleks va tizimli tahlil qilish, shuningdek mazkur sohada vujudga keladigan muammolar va kamchiliklarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish;

ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarining yo‘l-transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalarining buzilishlari bilan kurashish borasidagi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

yo‘l harakati xavfsizligi ta'minlanishini, shu jumladan yo‘l harakati qoidalari buzilishi profilaktikasi va ularga chek qo‘yishni, yo‘l-transport hodisalari va yo‘llar tirbandligini oldini olishni, huquqbuzarliklar sodir etilishiga aloqador bo‘lgan shaxslarni izlab topish va shaxslari aniqlanishini tashkil etish;

ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish, shuningdek aholi bilan yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash masalalari bo‘yicha ochiq muloqotlar olib borish;

yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashga oid qonun hujjatlarini, huquqni qo‘llash amaliyotini, shuningdek uning shakllari va uslublarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Bundan oldin, IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y bergandi.

Mavzuga oid