Jahon | 17:33 / 26.03.2019
5522
1 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Tereza Mey 27 mart kuni qachon iste'foga chiqishini ma'lum qilishi mumkin

Foto: EPA-EFE/FACUNDO ARRIZABALAGA

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 27 mart kuni o‘zining iste'foga chiqish sanasini ma'lum qilishi mumkin. bu haqda Britaniya parlamentidagi manbasiga tayanib Reuters agentligi xabar qildi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, hukumat rahbari konservativ partiya yetakchilarini birlashtirgan Komitet 1922 deb nomlanuvchi yig‘ilishda chiqish qiladi. Uning aytishicha, Mey bosh vazir lavozimidan ketadigan sanani ma'lum qilish "ehtimoli yuqori".

Avvalroq Buyuk Britaniyaning bir qator vazirlari Tereza Meyni lavozimidan chetlatishga kelishib olishgani xabar qilingandi.

The Sunday Times nashrining ma'lum qilishicha, 11 nafar katta vazir telefon orqali muloqotda Mey “beqaror siyosiy shaxsga aylangani” sababli o‘z iste'fosini e'lon qilishi kerakligi haqidagi fikrga kelishgan.

Mavzuga oid