Jahon | 23:44 / 08.01.2024
8284
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya bosh vaziri iste’foga chiqdi 

Elizabet Born o‘z lavozimini tark etdi. 

Foto: DPA

Fransiya bosh vaziri Elizabet Born iste’foga chiqishga qaror qildi.  

«Elizabet Born iste’fo haqida Emmanuel Makrondan so‘radi, prezident buni qabul qildi», deyiladi BFMTV xabarida. 

Qayd etilishicha, Makron Bornga namunali ishi uchun «chin qalbdan» minnatdorchilik bildirgan. 

7 yanvar kuni Fransiya prezidenti amaldagi Vazirlar Mahkamasini qayta tashkil etish, jumladan, bosh vazir va bir qator muhim idoralar rahbarlarini almashtirish niyatida ekani xabar qilingandi. 

Born ketganidan keyin Vazirlar Mahkamasiga parlament quyi palatasi sobiq spikeri Rishar Ferran, ta’lim vaziri Gabriel Attal, mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu yoki qishloq xo‘jaligi vazirligining sobiq rahbari Juliyen Denormandi rahbarlik qilishi mumkinligi aytilmoqda. 

Borndan tashqari, yangi immigratsiya qonunini tanqid qilgan madaniyat vaziri Rima Abdul-Malak va transport vaziri Kleman Bon ham hukumatni tark etishi mumkin.

Mavzuga oid