Ronaldu Yevropa chempionati saralashida VAR yo‘qligidan keskin norozi bo‘ldi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2020 saralashi doirasida Serbiya bilan qayd etilgan durang natijadan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Menimcha, jamoamiz yaxshi o‘ynadi. Gol urish uchun ko‘p vaziyatlar bo‘ldi, lekin ulardan foydalana olmadik. Albatta, o‘z uyimizdagi ikkita o‘yinda durang qayd etganimizdan afsusdamiz, biroq men ijobiy jihatlarga e'tibor qaratishni istardim. O‘ylashimcha, Ukraina bilan o‘yindagiga qaraganda yaxshiroq o‘ynadik.
Ko‘proq vaziyatlar yaratdik va g‘alaba uchun kerakli barcha ishni qildik, lekin g‘olib chiqa olmadik. Hakam ularning darvozasi tomon yaqqol penaltini belgilamadi. Axir hamma musobaqalarda VAR bor, nega Yevropa chempionati saralashida bu tizimdan foydalanilmayapti? G‘alati. Bizga penalti berishmadi, vaholanki bu ochiq-oydin ko‘rinib turgandi. Hakam voqea joyidan 40 metr uzoqda turgan va hech narsani ko‘rmagan yordamchilari bilan maslahatlashishi emas, penaltini berishi kerak edi», – degan Ronalduning so‘zlarini keltirdi Goal.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Lissabondagi bu bahsning birinchi bo‘limi o‘rtalarida jarohat olib, maydonni tark etdi. Portugaliyaliklar o‘tgan haftada birinchi tur doirasida Ukrainani qabul qilib, golsiz durangga rozi bo‘lishgandi.
Mavzuga oid
11:06 / 14.12.2024
Husanov transfer bahosi bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
10:49 / 13.09.2024
Ronaldu birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachiga ega bo‘ldi
11:38 / 12.09.2024