Sport | 07:40 / 31.03.2019
15320
2 daqiqa o‘qiladi

Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangda g‘alabaga erishdi va IBF kamariga birinchi raqamli da'vogarga aylandi

Professional boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) IBF kamariga birinchi raqamli da'vogar bo‘lish uchun yaponiyalik Keita Obaraga (20-4-1, 18 KO) qarshi jangda g‘alaba qozondi.

Filadelfiya shahridagi 2300 arenasida bo‘lib o‘tgan jang to‘liq 12 raund davom etdi va yakunda Abduqahhorovga hakamlarning barchasi g‘alabani taqdim etdi. Hakamlar 118-110, 117-111, 115-113 natijalarini qayd etishgan.

GoSport.uz xabariga ko‘ra, ushbu g‘alabadan so‘ng Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi o‘ringa ko‘tariladigan bo‘ldi va chempion bilan jang qiluvchi majburiy da'vogarga aylandi.

Mazkur vazn toifasida amerikalik Errol Spens (25-0, 21 KO) chempion sanaladi. 

Mavzuga oid