Malayziyaning sobiq bosh vaziri 367 million dollarlik soliq to‘lamaslikda gumon qilinmoqda – OAV
Malayziyaning sobiq bosh vaziri Najib Razzoq umumiy qiymati 1,5 mlrd ringgitga (367,9 mln dollar) teng soliqni to‘lamaganlikda gumon qilinmoqda. The Age nashrining ma'lum qilishicha, o‘tgan hafta soliq idoralari Razzoqqa 2011 yildan 2017 yilgacha davr uchun qo‘shimcha daromadlari haqida zudlik bilan hisobot berish talabi bilan maktub jo‘natgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Razzoq bu davr uchun soliqlarning bir qismini oshkor daromadlar asosida to‘lagan. Biroq soliq idoralari ma'lumotlariga ko‘ra, sobiq bosh vazir 4 mlrd ringgit (1 mlrd dollar) miqdoridagi pulni, jumladan Saudiya Arabistoni qirollik oilasidan olgan “moliyaviy yordam”ni deklaratsiya qilmagan.
Razzoqning partiyasi 2018 yil mayida parlament saylovlarida mag‘lubiyatga uchragan. Razzoq iste'foga ketgach unga nisbatan talon-tarojlik, pora olish, pullarni yuvish, xizmat mavqeini suiiste'mol qilish holatlari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Huquq-tartibot idoralarining fikricha, Razzoq 680 mln dollar miqdoridagi davlat mablag‘ini o‘g‘irlagan.
Mavzuga oid
19:09 / 20.12.2024
Malayziya 10 yil oldin yo‘qolgan MH370 reysini qidirish ishlarini qayta boshlashga qaror qildi
14:10 / 20.12.2024
Malayziya banki O‘zbekistonda o‘z filialini tashkil etishi mumkin
10:55 / 18.12.2024
Malayziya bilan "aqlli" shahar texnologiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi
22:20 / 08.12.2024