O‘zbekiston | 16:53 / 02.04.2019
13512
4 daqiqa o‘qiladi

Ekspert Prakash Kejrival AQSh o‘zbek paxtasiga taqiqlovni bekor qilishi bo‘yicha izoh berdi

Foto: "O‘zto‘qimachiliksanoat"

2019 yilning 25 mart kuni AQSh Mehnat departamenti O‘zbekistonda yetishtirilgan paxta tolasiga nisbatan qo‘yilgan taqiqlovni bekor qilishga doir yakuniy qarorni qabul qildi, bu AQShda majburiy va bolalar mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan davlat buyurtmalari xaridini taqiqlovchi prezidentlik aktidir. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta 2010 yilda ushbu ro‘yxatga qo‘shilgan.

Taqiqlovning bekor qilinishi O‘zbekistondagi inson huquqlari borasida olib borilayotgan ishlarni yaxshilash bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar natijasidir. Shu bilan birga, ilgari kiritilgan barcha cheklovlarning olib tashlanishi AQShning O‘zbekistondagi islohotlarni e'tirof etganidan dalolat beradi, deyiladi "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi matbuot xizmatida.

“Indorama Industries” kompaniyasining ijrochi direktori Prakash Kejrival mazkur vaziyat yuzasidan izoh berdi: “AQSh hukumati o‘zbek paxtasini majburiy va bolalar mehnati bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Bu O‘zbekistonning so‘nggi yillarda majburiy mehnatni yo‘q qilish muammolarini hal qilish uchun ulkan ishlarni amalga oshirayotgani mahsulidir. Mamlakat 2010 yilda "qora ro‘yxat"ga olindi. Taqiqlovning olib tashlanishi esa so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlarning to‘g‘ri va samarali ekanini ko‘rsatadi".

Espertning so‘zlariga ko‘ra, endi O‘zbekistonda yetishtirilgan paxta tolasidan tayyorlangan mahsulotlar AQSh bozoriga kirishi mumkin. Bundan tashqari, jahonning yirik va nomdor brendlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta tolasidan foydalanib, nafaqat ichki, balki tashqi bozorga ham mahsulot yetkazib berish imkoniga ega. Shuningdek, bu brendlarning o‘z mahsuloti bilan O‘zbekiston bozoriga kirishi uchun imkon yaratiladi.

"Umid qilamizki, butun dunyodagi iste'molchilar kundalik hayotlarida "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan" brendi ostidagi mahsulotlarni ko‘proq ishlatishadi va O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar uchun minnatdorchilik bildirishadi va bu maqsadga erishish uchun ushbu mamlakat xalqiga yordam beradi. “Indorama Industries” turli manfaatdor tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib, ushbu murakkab "sayohat"ning bir qismi bo‘lganidan faxrlanadi”, - deydi kompaniya ijrochi direktori Prakash Kejrival.

Ma'lumot uchun: "Indorama Corporation" 1976 yilda tashkil yetilgan va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi eng yirik ip ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning to‘qimachilik ishlab chiqarish korxonalari Indoneziya, Tailand, Turkiya va Shri-Lankada joylashgan bo‘lib, umumiy kalava ishlab chiqarish yiliga 135 ming tonnani tashkil qiladi (shundan 26 foizi O‘zbekistonda).

"Indorama" Qo‘qon qurilish tugallanmagan to‘qimachilik majmuasi negizida "Indorama Qo‘qon tekstil" O‘zbekiston-Singapur qo‘shma korxonasini yaratdi. 2010 yilda korxona O‘zbekistonda eng so‘nggi texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy to‘qimachilik korxonasini ishga tushirdi. Kompaniyaning O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalari umumiy qiymati 160 million dollardan oshadi.

2018 yilda kompaniya O‘zbekistonda paxta-to‘qimachlik klasteri loyihasini boshladi. Loyihaning qiymati 340 million dollarni tashkil etadi. Klaster Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarini qamrab oladi. Jarayonni to‘liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun kompaniya AQShning John Deere kompaniyasidan 50 ta qishloq xo‘jalik texnikasini xarid qildi.

Mavzuga oid