Paxta mahsulotini sotishda manipulyatsiyaga yo‘l qo‘ygan korxonaga chora ko‘rildi
Raqobat qo‘mitasi Payariq Claster MJCh paxta mahsulotlarini birjaga qo‘ymay, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotganini aniqladi.
Payariq Claster’ga nisbatan manipulyatsiya harakatlarini sodir etganligi uchun tegishli ta’sir chorasi qo‘llandi, deb xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.
Tashkilotning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitorning natijasida Payariq Claster MChJ paxta mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgani aniqlangan: 2022 yilda — 259.1 tonna paxta yog‘i, 890,5 tonna paxta shroti, 418,9 tonna paxta sheluxasi; 2023 yilda — 2250 tonna texnik chigit.
Ushbu mahsulotlar birjada sotilmagani oqibatida narxlar yuqori qo‘llanib, jami 1,9 milliard so‘mga yaqin miqdorda tafovut holatlari vujudga kelgan.
Hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari bilan korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, tegishli ta’sir chorasi qo‘llangan.
Qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.
Mavzuga oid
08:20 / 13.12.2024
Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlariga narxlarni nazorat qilib borishni topshirdi
17:57 / 12.12.2024
Ikkilamchi avtomobil bozorida o‘rtacha narxlar pasayishda davom etyapti
09:27 / 11.12.2024
Toshkentda noyabrda ijara narxlari biroz pasaydi
07:31 / 12.11.2024