O‘zbekiston | 07:31 / 12.11.2024
29633
2 daqiqa o‘qiladi

Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan oktyabr oyidagi avtomobil narxlari tahlil qilindi.

Foto: Kun.uz

2024 yilning oktyabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida Lacetti, Damas, Labo narxlari pasayishda davom etdi. Spark’ning o‘rtacha narxi bir oz ko‘tarilgan bo‘lsa, Cobalt va Nexia narxlarida deyarli o‘zgarish kuzatilmadi.   

Oktyabr oyida ikkilamchi bozorda ko‘p foydalanilgan Lacetti, Damas, Labo’ning o‘rtacha narxi sentabr oyiga nisbatan mos ravishda 1,5 foiz, 6,3 foiz va 2 foizga pasaygan bo‘lsa, o‘rtacha foydalanilganlari mos ravishda 0,3 foiz, 0,6 foiz va  3,5 foizga arzonladi. Ko‘p foydalanilgan Spark avtomobilining o‘rtacha narxi 2,2 foizga, o‘rtacha foydalanilgani 2,9 foizga oshgan bo‘lsa, Cobalt va Nexia narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.

Mahalliy ommabop avtomobillar  uchun oktyabr oyida taklif qilingan o‘rtacha narxlar quyidagilarni tashkil qildi:

  • Lacetti: kam foydalanilgan — 15 236 (15 452) dollar, ko‘p foydalanilgan —13 300 (13 500) dollar;
  • Damas: kam foydalanilgan — 8 250 (8 300) dollar, ko‘p foydalanilgan — 7 500  (8 000) dollar;
  • Spark: o‘rtacha foydalanilgan — 10 500 (sentabr oyida – 10 200) dollar, ko‘p foydalanilgan — 9 200 (9 000 dollar).

Oktyabr oyida mahalliy lyuks avtomobillaridan Equinox narxlari sezilarli o‘zgargan bo‘lsa, Malibu va Tracker narxlari deyarli o‘zgarmadi. Jumladan, mazkur davrda kam va o‘rtacha foydalanilgan Equinox’ning o‘rtacha narxlari sentabr oyiga nisbatan mos ravishda 1,5 foiz va 6,3 foizga arzonlagan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgani 1,9 foizga oshdi.

Equinox uchun oktyabr oyida taklif qilingan o‘rtacha narxlar quyidagicha: kam foydalanilgan - 33 000 (33 500) dollar, o‘rtacha foydalanilgan — 30 000 (32 000) dollar; ko‘p foydalanilgani — 27 000 (26 500) dollar.

Mavzuga oid