Yoqutistonda O‘zbekistondan noqonuniy migratsiya kanalini yo‘lga qo‘ygan shaxslarga jazo hukmi chiqarildi
Yoqutistonda O‘zbekistondan noqonuniy migratsiya kanalini yo‘lga qo‘ygan shaxslarga jazo hukmi chiqarildi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Yoqutistondagi boshqarmasida ma'lum qilindi.
Boshqarmada ta'kidlanishicha, noqonuniy muhojirlar 2017 yil Magan posyolkasida aniqlangan.
Sud janubiy osetiyalik erkak mahalliy fuqarodan 8 gektar yer maydonini ijaraga olgandan keyin u yerda ishchilar uchun inshootlar qurilishini yo‘lga qo‘yganini aniqlagan. Erkak o‘zbekistonlik ayol bilan o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilish bo‘yicha til biriktirgan.
“Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, X. va K. yuqorida qayd qilingan xorijiy fuqarolarni keyinchalik ishchi kuchi sifatida qo‘llash uchun Rossiya hududida noqonuniy qolishini tashkillashtirishga kelishib olgan”, deyilgan xabarda.
Sud ushbu kimsalarga 4 yillik qamoq jazosi tayinlagan, noqonuniy muhojirlar esa Yoqutistondan deportatsiya qilingan.
Avvalroq Yoqutiston rahbari Aysen Nikolayev xorijliklarni 2019 yilda iqtisodiyotning 33 ta sohasidagi ishga jalb qilishni taqiqlash haqidagi farmonni imzolagan.
Nikolayev, shuningdek, Yoqutiston mutasaddi idoralari yoqutistonlik qizning o‘g‘irlanib, zo‘rlanishi bilan bog‘liq rezonans ishdan keyin noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishini aytgan.
Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni Qirg‘izistonning 23 yoshli fuqarosi sodir etgani ma'lum bo‘lgach, 17 mart kuni Yoqutistonda norozilik mitingi bo‘lib o‘tgan. Ayrim xabarlarga ko‘ra zo‘ravonlikda bir necha qirg‘izistonlik ishtirok etgan.
Mavzuga oid
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
17:17 / 23.12.2024
AQSh rekord sondagi O‘zbekiston fuqarolarini deportatsiya qildi
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
23:49 / 20.12.2024