Malayziya sobiq bosh vazirining rafiqasi 23 mln dollarga taqinchoq sotib olgani ma'lum bo‘ldi
Malayziya politsiyasi mamlakat sobiq bosh vaziri Najib Razzoqning rafiqasi Rozma Mansur 1MDB davlat investitsiya fondidan o‘g‘irlangan mablag‘larga pushti brilliantlardan tayyorlangan, narxi 23 mln dollarlik taqinchoq sotib olganini aniqladi. Bu haqda politsiya vakili Xalil Azlan ma'lum qildi.
"Najib Razzoqning uyi va qarorgohida o‘tkazilgan tintuvda ushbu taqinchoq chiqmagan bo‘lsa-da, biz uning Nyu-Yorkda sotib olingani to‘g‘risida yetarlicha dalillarga egamiz", - dedi politsiya vakili.
Avvalroq sobiq bosh vazir taqinchoqni uning rafiqasiga Abu-Dabining merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Zayd Ol Nohayon sovg‘a qilganligini aytgandi.
Shu haftada Rozma Mansurga 1,2 mln dollarga yaqin mablag‘ni pora sifatida olganligi bo‘yicha yangi ayblov e'lon qilingandi. Avvalroq unga nisbatan mablag‘ o‘zlashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha 17ta ayblov e'lon qilingan.
Mavzuga oid
19:09 / 20.12.2024
Malayziya 10 yil oldin yo‘qolgan MH370 reysini qidirish ishlarini qayta boshlashga qaror qildi
14:10 / 20.12.2024
Malayziya banki O‘zbekistonda o‘z filialini tashkil etishi mumkin
10:55 / 18.12.2024
Malayziya bilan "aqlli" shahar texnologiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi
22:20 / 08.12.2024