Jamiyat | 20:06 / 16.04.2019
15595
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi MTMlarda  targ‘ibot mashg‘ulotlari  o‘tishni yo‘lga qo‘ydi

Foto: Andijon IIB YHXB matbuot xizmati

Andijon viloyat IIB YHXB ilg‘or davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda yo‘l harakati qoidalarini yosh avlodga ilk yoshdan o‘rgatib borish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda. Bu borada viloyatning barcha tuman va shaharlaridagi bog‘chalarda ana shunday ko‘rgazmali mashg‘ulotlar tashkil qilinyapti, deb yozadi Andijon IIB YHXB matbuot xizmati.

Foto: Andijon IIB YHXB matbuot xizmati
Foto: Andijon IIB YHXB matbuot xizmati
Foto: Andijon IIB YHXB matbuot xizmati

Hozirda hududdagi 606ta maktabgacha ta'lim muassasasiga Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining 174 nafar xodimi biriktirilib, tarbiyalanuvchilarga yo‘l belgilari va qoidalari bo‘yicha harakatlanish yuzasidan ko‘nikmalar berib borilyapti. 

Foto: Andijon IIB YHXB matbuot xizmati
Foto: Andijon IIB YHXB matbuot xizmati

Zamonaviy ko‘rgazmali qurollar yordamida, interfaol o‘yin tarzida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar bolalarga yo‘ldagi xavfsizlik qoidalarini tez o‘zlashtirishga yordam bermoqda.   

Mavzuga oid