Jahon | 16:59 / 19.04.2019
7908
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko prezident vakolatlarini hukumat bilan bo‘lishish vaqti kelganligini aytdi

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z vakolatlarini hukumat bilan bo‘lishishi kerakligini hamda konstitutsiyani o‘ziga moslab o‘zgartirmasligini aytdi.

"Menga tez-tez mavjud konstitutsiyani o‘zimdan keyingi prezidentga shundayligicha qoldirishni xohlashim haqida savol berishadi. Rostini aytaman: Buni xohlamayman. Biz hozirgidek kuchli prezident hukumati zarur bo‘lgan bosqichdan o‘tdik. Hukumat bilan bo‘lishish kerak emas. Hukumat bo‘linmaydi, hokimiyat vakolatlarini hukumatning boshqa tuzilmalariga berish kerak", - dedi Lukashenko xalq va parlamentga murojaatida.

Masalan, uning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyot uchun hukumat va parlament javob berishi kerak, markaziy bank esa chetda turmasligi lozim.

"Davlat rahbari, bo‘lajak davlat rahbari esa davlat rahbari bo‘lishi darkor, u dala va fermalarda yurmasligi kerak... Prezidentga u davlat rahbari sifatida bajaradigan, birinchi navbatda kadrlar masalasi bo‘yicha vazifa va vakolatlarni qoldirish vaqti keldi", - ta'kidladi Lukashenko.

Mavzuga oid