O‘zbekiston | 15:10 / 25.04.2019
16101
2 daqiqa o‘qiladi

Angren shina zavodi qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalarining yagona yetkazib beruvchisi etib belgilandi

Foto: Fotolia

Hukumatning “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha:

“Angren” erkin iqtisodiy zonasidagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas'uliyati cheklangan jamiyatida loyiha bo‘yicha yiliga 100 ming pogon metr konveyer lentasi, 200 ming dona qishloq xo‘jaligi shinalari va 3 million dona avtomobil shinalari ishlab chiqarish quvvatiga ega “Konveyyer lentalari, qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish yakunlangan;

“Davlat xaridlari to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat (budjet va korporativ) buyurtmachilari maxsus ma'lumotlar portalida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzgan holda, yagona yetkazib beruvchidan tovarlarning (ishlar, xizmatlar) davlat xaridini amalga oshiradi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” mas'uliyati cheklangan jamiyati qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalarining yagona yetkazib beruvchisi etib belgilandi hamda davlat buyurtmachilariga jamiyat mahsulotlarini maxsus ma'lumotlar portalida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilishga ruxsat berildi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” mas'uliyati cheklangan jamiyatida Konveyyer lentalari, qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishning prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish, ularning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi O.Temirov zimmasiga Kompleks chora-tadbirlarda ko‘zda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda aniq natijalarga erishish bo‘yicha shaxsiy mas'uliyat yuklandi.

Mavzuga oid