Sport | 07:30 / 27.04.2019
8162
2 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» 5ta gol urib g‘alaba qozondi va birinchi o‘ringa qaytdi

Angliya Premer-ligasining 36-turida «Liverpul» «Haddersfild Taun»ni qabul qildi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 1-daqiqasidayoq Nabi Keyta hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Sadio Mane «Liverpul»ning ustunligini mustahkamladi. Tanaffus arafasida Muhammad Saloh hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Ikkinchi bo‘limda Mane va Saloh bittadan gol urishdi.

Endilikda «Liverpul» 91 ochko to‘plagan holda Angliya chempionati turnir jadvalining birinchi o‘rniga qaytdi. Ikkinchi o‘rinda hali 36-tur o‘yinini o‘tkazmagan «Manchester Siti» joylashgan (89). «Haddersfild» (14) 20-o‘rinda qolmoqda va bu jamoa allaqachon ligani tark etgan.

Angliya chempionati
36-tur
Liverpul – Haddersfild 5:0 (3:0, 2:0)
Gollar
: 1:0 – 1 Keyta, 2:0 – 23 Mane, 3:0 – 45 Saloh, 4:0 – 66 Mane, 5:0 – 83 Saloh.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 88), Lovren, van Deyk, Roberson, Henderson, Veynaldum (Shakiri, 73), Keyta, Saloh, Starrij (Oksleyd-Chemberlen, 73), Mane.
Haddersfild – Lessl, Smit, Shindler, Kongolo, Durm, Gorens-Stankovich (Pritchard, 81), Mbenza (Kachunga, 87), Hogg, Bakuna, Grant, Mune (Leve, 65).

Mavzuga oid