Sport | 15:58 / 30.04.2019
5210
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston terma jamoasi velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida 7 medalni qo‘lga kiritdi
23-28 aprel kunlari dunyo bo‘ylab velosport ixlosmandlari qit'amizning eng nufuzli turnirlaridan biri bo‘lgan veloshosse bo‘yicha 39-Osiyo chempionatini kuzatib kelishdi. O‘zbekiston ilk bor shunday katta musobaqaga mezbonlik qildi.
Chempionat natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi jami 7 ta medalni – 2 oltin, 2 kumush va 3 bronzani qo‘lga kiritdi. Olga Zabelinskaya Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga litsenziyaga ega bo‘lib, u yerda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Chempionat «Eurosport» efirida namoyish etildi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ko‘magida havo orqali videotasvirga olish ishlari amalga oshirildi.
Mavzuga oid
17:48 / 11.12.2024
O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
17:23 / 13.08.2023
«Zakovat» o‘yini bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati birinchi kun natijalari
19:17 / 13.06.2023
Shamsiddin Vohidov shaxmat bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
14:54 / 01.05.2023