O‘zbekiston | 18:42 / 30.04.2019
5855
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda insultda inson hayotini saqlashga yordam beruvchi innovatsiyalar ro‘yxatdan o‘tkazilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ishemik insult profilaktikasi uchun mo‘ljallangan innovatsion tibbiy qurilma ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Kun.uz muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmatidan olingan ma'lumotlar asosida shu haqida xabar berdi.

«Medtexnika Moskva» kompaniyalar guruhi direktori Artur Gortungning Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasidagi uchrashuv doirasida aytishicha, aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan TIHE 2019 xalqaro ko‘rgazmasida ikki shunday qurilma taqdim etilgan. Ko‘rgazma tugagan bo‘lsa-da, qurilma klinik sinovlardan o‘tkazish uchun Toshkentda qoldirildi. Sinovlar muvaffaqiyatli kechgan taqdirda, innovatsion qurilmalar O‘zbekiston Respublikasi Farmokologiya qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Gortung O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining mazkur innovatsion qurilma bilan tanishuvi mart oyida Ravshan Izamov boshchiligidagi Milliy palata delegatsiyasining Moskvaga safari doirasida kechganligini ta'kidladi.  

Foto: Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati

Shuningdek, «Medtexnika Moskva» kompaniyasi Milliy palata qo‘llab-quvvatlashi ostida ilk marta o‘z stendi bilan Toshkentda ishtirok etdi.

“Bu bizning O‘zbekiston bozori bilan birinchi tanishuvimiz va men uning aynan innovatsion tibbiy qurilma - ishemik insultlar profilaktikasi uchun gipotermik uskunasidan boshlaganidan xursandman, ushbu qurilma asosida bosh miyani mahalliy muzlatish usuli yotadi. Mazkur qurilma O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan taqdirda, uni mamlakatingizda keng qo‘llash imkoni yaratiladi”, - deydi Artur Gortung.

Rossiyada 2017 yildan shunday qurilma prezident klinikasi hamda qator boshqa klinikalarda xizmat ko‘rsatadi. Bunday innovatsion usul «Skolkovo» innovatsion markazi bazasida ishlab chiqilgan, ular Kalashnikov nomidagi Ijyevsk mexanika zavodida ishlab chiqariladi. 

Gotungning so‘zlariga ko‘ra, kreonogipertonik terapiyada qo‘llanuvchi innovatsion qurilma mexanizmi miyaga qon quyilishi bilan xavf soluvchi qon tomirlar qizishiga qarshi kurashishga asoslangan. Amaliyotga ko‘ra, ushbu usul insultdagi o‘lim holatlarini 30 foizga pasaytiradi.Shu bilan birga, u jarohatlardan keyingi gematomani bartaraf etishda samara beradi.

«Medtexnika Moskva» Toshkentdagi ko‘rgazmada bu apparatlardan tashqari innovatsion tibbiy uskunalarning keng spektrini namoyish qildi. Mexanik va elektrik tibbiy karavotlar, nogironlar aravachalari, shifoxona jihozlari, kardiokreslolar, uqalash stollari, harakatlana olmaydigan bemorlarni ko‘chirishga mo‘ljallangan ko‘targichlar shular jumlasidandir.

Foto: Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati

«Texno-grupp Gamma» kompaniyasi ushbu zamonaviy tibbiy qurilmaga qiziqish bildirdi, uning bazasida Toshkent viloyatida shunday mahsulot ishlab chiqarilishiga kelishilgan. Shu maqsadda «Medtexnika Moskva» O‘zbekistonda 3 yil davomida 5 million dollargacha investitsiyali xorijiy korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimi ko‘rgazmasida ushbu tibbiy qurilmaga katta qiziqish kuzatilgani O‘zbekistonda innovatsion tibbiy karavotlarni ishlab chiqarishning dolzarbligidan dalolat beradi. Birinchi kun ularni qo‘lga kiritishga doir 500 ga yaqin so‘rov kelib tushdi.

Mavzuga oid