O‘zbekiston | 08:03 / 01.05.2019
12874
2 daqiqa o‘qiladi

General-mayor Davron Nazarmuhamedov Koreya Respublikasi bosh prokurori bilan uchrashdi

Foto: IIV axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuhamedov va Koreya Respublikasi bosh prokurori Mun Mu Il o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, unda inson huquqlari va xavfsizligini ta'minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha atroflicha fikr almashilgan.

General-mayor D. Nazarmuhamedov ichki ishlar organlari tizimida asosiy kuch va e'tiborni quyi bo‘g‘inlarga yo‘naltirish orqali birinchi navbatda jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga e'tibor qaratilishi natijasida 2017-2018 yillar davomida sodir etilgan jinoyatlar sonining keskin qisqarishiga erishilganligini ta'kidlab, natijada umumiy jinoyatlar ko‘rsatkichi so‘nggi ikki yil davomida har 100 ming aholiga 273 tadan 150 taga qisqarganligini ma'lum qildi.

O‘z navbatida, Koreya Respublikasi bosh prokurori Mun Mu Il samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

Mavzuga oid