Jahon | 15:52 / 03.05.2019
11750
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen Inning akasini o‘ldirishda ayblangan vetnamlik ayol ozodlikka chiqdi

Foto: TASS/imago/Xinhua

Malayziyada KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chen Namni o‘ldirishda ayblangan vetnamlik Doan Txi Xiong ozodlikka chiqdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

30 yoshli ayolning advokati u Malayziyaga qaytib kelishini ma'lum qildi.

Malayziya oliy sudi 1 aprel kuni Doan Txi Xiongga nisbatan qo‘yilgan qasddan qotillik qilish ayblovini sog‘liqqa o‘limga olib keluvchi shikast yetkazish aybloviga o‘zgartirdi. Natijada u uch yil to‘rt oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Advokatning aytishicha, uning hibsda bo‘lib turgan muddati hisobga olingan. Mart oyida ushbu ishdagi yana bir gumonlanuvchi, indoneziyalik 26 yoshli Siti Aysia ozodlikka chiqarilgandi.

Kim Chen Nam 2017 yil 13 fevralda Kuala-Lumpur aeroportida kimdir uning yuziga noma'lum suyuqlik sepganidan so‘ng bosh aylanishidan shikoyat qilgan va kasalxonaga olib ketilayotganida yo‘lda vafot etgan. Malayziya hukumatining bildirishicha, o‘limga asabni falajlovchi VX moddasi sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid