Light | 23:37 / 11.05.2019
23603
4 daqiqa o‘qiladi

Har kuni biror yangi narsa o‘rganishni istaydiganlar uchun 10 ta ilova

Foto: Layfxaker

Dunyoqarashingizni kengaytiring, xorijiy tillarni o‘rganing, musiqa asboblarini chalishni o‘zlashtiring – har bir kundan unumli foydalaning.

1. TED

Xuddi shu nomdagi konferensiyaning rasmiy ilovasi bo‘lib, u bilimga bo‘lgan chanqoqlikni qondirishda yordam beradi. TED’da turli mavzulardagi 2 mingdan ortiq ma'ruzalar to‘plangan. Barcha videolarda subtitrlar mavjud. Ularni oflayn tomosha qilish uchun yuklab olish, xatcho‘plar qo‘shish va pleylistlar yaratish mumkin.

2. Khan Academy

Khan Academy ta'lim servisining ilovasi. Uning yordamida deyarli istalgan narsani bepul o‘rganish mumkin. Video, maqola va interfaol mashqlar ko‘rinishidagi 10 dan ortiq mikroma'ruzalar taqdim etilgan.

3. Curiosity

Kishida ilhom uyg‘otuvchi ilova, ortiqcha harakatlarsiz dunyoqarashni kengaytirish va aql-zakovat darajasini oshirish imkonini beradi. Ilovada qiziqarli hikoyalar, boshqotirmalar, statistika, shuningdek, qulay izlash tizimi, viktorina va materiallarning haftalik dayjesti mavjud.

4. DailyArt

Agar san'atni tushunishni orzu qilgan bo‘lsangiz, biroq buni nimadan boshlashni bilmasangiz, DailyArt’ni sinab ko‘ring. Bu ilova yordamida butun dunyodagi 500 dan ortiq muzeylar kolleksiyalariga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz va har kuni mumtoz va zamonaviy san'at asarlari va ularning mualliflari bilan tanishasiz.

5. Blinkist

Blinkist sarguzasht bo‘lmagan asarlarning asl mohiyatini ajratib beradi, uning yordamida kam vaqt sarflab, asar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Ilova kutubxonasida 2 500 dan ortiq bessellerlar mavjud: biznes adabiyotlardan tortib, mustaqil rivojlanish mavzularigacha. Ularni ham o‘qish, yoki istalgan vaqtda tinglash ham mumkin.

6. Duolingo

O‘yin rejimida xorijiy tillarni o‘rganish uchun mashhur ilova. Lug‘at boyligini to‘ldiring, eshitish va ko‘rish orqali anglashni mashq qiling, so‘zlashish ko‘nikmalarini rivojlantiring. Qadam-baqadam poliglotga aylanish maqsadiga yaqinlashasiz.

7. Memrise bilan til o‘rganing

Memrise ko‘ngilochar mashg‘ulot tarzida ingliz tili va yana 10 dan ortiq xorijiy tillarda so‘zlarni o‘rganishga yordam beradi. Ilova intervalli yod olish usuli va videolarni qo‘llab, so‘zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirish, talaffuzni to‘g‘rilash va kundalik ravishda lug‘at boyligini oshirishga yordam beradi.

8. UrbanDictionary

Ingliz tili jargon so‘zlari onlayn-lug‘atining ilovasi. U yerda tushunarsiz so‘z va iboralar ma'nosini bilish mumkin. Har kuni Urban Dictionary kun so‘zini ko‘rsatadi va norasmiy ingliz tilini oson tushunishga hissa qo‘shadi.

9. Yousician

O‘zingizda musiqa sohasiga xos maqsadlarni yashirin maqsadlarni his etyapsizmi? U holda kuniga biroz vaqt sarflab, gitara va fortepianoda chalishni mashq qiling. Yousician asbobni sozlashda yordam beradi va o‘rganishning barcha bosqichlarini o‘tkazadi. Natijada sevimli qo‘shig‘ingizni original ijrochidan yomon bo‘lmagan darajada kuylashingiz yoki chalishingiz mumkin.

10. Enki

Enki ilovasi Python, HTML, JavaScript va dasturlashning boshqa tillarini o‘zlashtirishda yordam beradi. Tayyorgarlik darajasini tanlang va har kuni ko‘nikmalarni yaxshilash maqsadida mashqlar va mini-o‘yin tarzidagi qisqa darslarni o‘zlashtiring.

O‘ylaymizki, yuqorida nomlari keltirilgan ilovalar sizning qiziqishlaringiz doirasini kengaytirish, o‘zingiz qiziqqan sohada ko‘proq bilimga ega bo‘lishda yordam beradi.

Mavzuga oid