Sport | 10:20 / 12.05.2019
26325
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik bokschilar «Gubernator kubogi»da umumjamoa bo‘yicha birinchi o‘rinni egallashdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha «Gubernator kubogi» sovrini uchun musobaqa yakunlandi.

Turnirning final bosqichida o‘zbekistonlik 3 nafar bokschi - Abdumalik Xalakov, Iqboljon Xoldorov va Kozimbek Mardonov oltin medal uchun bahs olib bordi.

Bu bokschilarning barchasi jangni g‘alaba bilan yakunlab, o‘z vazn toifalarida musobaqaning oltin medaliga ega bo‘lishdi. G‘olib va sovrindorlar yaqin o‘tmishning mashhur bokschisi Roy Jons tomonidan taqdirlandi.

-56 kg: Abdumalik Xalakov – Aleksey Moskvin (Rossiya) 4:1
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Fernando Luis (Braziliya) 5:0
-81 kg: Kozimbek Mardonov – Andrey Kosenkov (Rossiya) 3:2

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 20ga yaqin mamlakat vakillari ishtirok etgan mazkur xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 3ta oltin medal bilan umumjamoa bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

Mavzuga oid