Gubernator kubogi: O‘zbekistonlik bokschilar turnirni 6 medal bilan yakunlashdi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha «Gubernator kubogi» o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi jami 6ta medal jamg‘ardi.
24 aprel kuni final janglarida qatnashgan o‘zbekistonlik 5 sportchining 4 nafari bahslarni muvaffaqiyatli yakunladi.
-69 kg vazn toifasida ishtirok etgan Bobousmon Baturov yarim finalda qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga yutqazib (u finalda ham g‘alaba qozondi) bronza medali bilan kifoyalandi.
Finalda Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg) va Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) o‘z raqiblarini birin-ketin yengib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi, Abdumalik Xalakov (-60 kg) esa rossiyalik Albert Batirgaziyevga yutqazib qo‘ydi.
+91 kg vazn toifasi finalida Bahodir Jalolov musobaqa mezbonlaridan biri Ivan Veryasovni nokautga uchratib, turnirni yakunlab berdi.
Finalda qayd etilgan natijalar:
- -49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Igor Tsaregorodsev (Rossiya) 4:1 (g‘alaba)
- -52 kg: Shahobiddin Zoirov – Mahmut Sabirxan (Qozog‘iston) 5:0 (g‘alaba)
- -57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Dmitriy Spivak (Rossiya) 5:0 (g‘alaba)
- -60 kg: Abdumalik Xalakov – Albert Batirgaziyev (Rossiya) 0:5 (mag‘lubiyat)
- +91 kg: Bahodir Jalolov – Ivan Veryasov (Rossiya) (Bahodir ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratdi)
Turnirda O‘zbekiston va Rossiya 4tadan oltin medal jamg‘arishdi, rossiyaliklarda kumush ko‘proq (6ta), Qozog‘iston 2ta oltin medal bilan uchinchi bo‘ldi.
Mavzuga oid
07:50
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
23:04 / 25.12.2024
Rossiyada 20 yil oldin bedarak yo‘qolgan jurnalistning qoldiqlari topildi. Uni militsiya polkovnigi o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
08:47 / 22.12.2024