O‘zbekiston | 07:50 / 27.12.2024
3056
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kecha davlat rahbari Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

25 dekabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Davlat rahbari amaliy tashrifini yakunlab, "Pulkovo" xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Mavzuga oid