Sport | 22:29 / 12.05.2019
8517
3 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Bunyodkor» kuchli uchlikka qaytdi, «Lokomotiv» yana ochko yo‘qotdi

Bugun, 12 may kuni O‘zbekiston Superligasida 8-tur o‘yinlari davom ettirildi.

«Bunyodkor» TTMI stadionida «Qo‘qon-1912» jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 13-daqiqasida hakam qo‘qonliklar darvozasiga penalti belgiladi va Xurshid G‘iyosov hisobni ochdi, 64-daqiqadda «Qo‘qon-1912» yarimhimoyachisi Suhrob Berdiyev hisobni tenglashtirdi (1:1). 85-daqiqada esa Xurshid G‘iyosov 11 metrlik jarima zarbasidan yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasiga muhim 3 ochkoni keltirdi (2:1).

Bu g‘alaba evaziga Vadim Abramov jamoasi ochkolari sonini 13taga yetkazib, turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Qo‘qon-1912» esa 6 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qolmoqda.

Turning yana bir o‘yini Termizda o‘tkazildi. «Surxon» o‘z maydonida «Buxoro»ni qabul qilib, Husniddin G‘ofurovning goli evaziga g‘alaba qozondi (1:0).

«Surxon» 12 ochko jamg‘argan holda 6-o‘ringa joylashgan, «Buxoro» 6 ochko bilan 13-o‘ringa tushib qolgan.

Superligada 8-turning markaziy o‘yinlaridan biri Bekobodda o‘tkazildi. Amaldagi chempion «Lokomotiv» mehmonda «Metallurg»ni yenga olmadi.

Uchrashuv davomida hisob ochilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi (0:0). O‘yinning 31-daqiqasida mehmonlar yarimhimoyachisi Husniddin G‘ofurov hakam tomonidan maydondan chetlatildi. 

Shu tariqa, «temiryo‘lchilar» qatorasiga ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotishdi, o‘tgan turda toshkentliklar jamoasi «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynagandi (2:2). 

Endilikda «Lokomotiv» 17 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. 7-o‘rinda borayotgan «Metallurg» hisobida esa 11 ochko mavjud.

Superliga-2019. 8-tur
Surxon - Buxoro 1:0
Gol:
Husniddin G‘ofurov (20).

Bunyodkor - Qo‘qon-1912 2:1
Gollar:
Xurshid G‘iyosov (13, penaltidan, 86, penaltidan) - Suhrob Berdiyev (64).

Metallurg - Lokomotiv 0:0

Mavzuga oid