Sport | 17:54 / 17.05.2019
9022
1 daqiqa o‘qiladi

Kasilyas infarktdan so‘ng faoliyatini yakunlaydigan bo‘ldi

Foto: Globallookpress.com

«Portu» darvozaboni Iker Kasilyas mashg‘ulot paytida yurak xurujini boshidan o‘tkazgan va unga shifoxonada infarkt tashxisi qo‘yilgan edi.

Keyinchalik uning yuragida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi va chempionat o‘yinlarini yakunlay olmasligi oydinlashdi.

Marca nashrining ta'kidlashicha, endi 37 yoshli futbolchi faoliyatini davom ettira olmaydi. Kasilyas bu haqda yaqin orada e'lon qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Kasilyas «Portu» bilan 2020 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzolagan edi.

Bu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 42ta o‘yinda maydonga tushib, 35ta gol o‘tkazib yuborgan va 19ta seyvni amalga oshirgan.

Mavzuga oid