Jahon | 20:52 / 20.05.2019
26388
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Qozog‘iston cho‘lida topilgan va O‘zbekiston fuqarosiniki deb taxmin qilinayotgan skeletni o‘rganmoqda

Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari O‘zbekiston fuqarosiniki deb taxmin qilinayotgan skeletni o‘rganmoqda.

Rossiya IIVning Orenburg oblasti bo‘yicha boshqarmasining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, jasadning shaxsini tasdiqlash bo‘yicha tekshiruv ishi Rossiya tergov qo‘mitasining Orenburg oblasti bo‘yicha tergov boshqarmasi Sol-Iletsk rayonlararo tergov bo‘limi yurituvida.

Eslatib o‘tamiz, 17 aprel kuni Rossiyaning Orenburg oblasti Oqbuloq qishlog‘i atrofida inson qoldiqlari topilgan. Uning yonida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sardor Norboyevga tegishli pasport bo‘lgan. 

Bunday ismli yigit qish faslida bedarak yo‘qolgan. 2019 yil 22 fevral kuni «Aqto‘be e'lonlari» sahifasida uning rafiqasi Kseniya Norboyeva erini topishda yordam so‘rab e'lon joylashtirgan.

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, u qishda Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegarani piyoda kesib o‘tayotganda muzlab qolgan.

Mavzuga oid