Si Tszinpin: “Dunyoning ko‘p shaharlarida bo‘lganman, lekin meni eng hayratga solgani Samarqand bo‘ldi”
Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) raisi Si Tszinpin Osiyo sivilizatsiyalararo muloqotga oid konferensiyasi doirasida barcha shaharlar ichida uni eng hayratga solgani Samarqand bo‘lganini ta'kidladi. Kun.uz muxbiri o‘z manbasiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
O‘zbekistondan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan yirik tadbir - Osiyo sivilizatsiyalararo muloqotga oid konferensiya ishida ishtirok etdi.
XXR raisi Konferensiya ochilishidagi chiqishida mazkur tadbir Xitoy xalqi uchun katta ahamiyat kasb etishi, zero u Xitoy tomonning sivilizatsiyalararo almashuvni qo‘llab-quvvatlash uchun mas'ulligini aks ettirrishini ta'kidladi.
Si Tszinpin integratsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash, umumijtimoiy-iqtisodiy vazifalar ijrosi va aholi turmushi yaxshilanishiga erishish maqsadida, har biri alohida boy va ko‘p asrlik sivilizatsiyani namoyon qiluvchi Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ochiq va teng huquqli hamkorlik hamda o‘zaro almashinuvning muhimligini ta'kidladi.
XXR raisi Osiyoning turli sivilizatsiyalari hissasiga to‘xtalar ekan, jahonning ko‘plab shaharlarida bo‘lgani, tarixiy obidalari bilan tanishgani va ularning boy madaniy merosidan zavq olgani haqida so‘zlayotib, bunday joylar orasida birinchi navbatda Samarqand shahridagi “Registon” ansamblini qayd etdi.
“Men dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lganman, ularning orasida serqirra madaniyati bilan meni eng hayratlantirgani – birinchi navbatda, Samarqand shahri bo‘ldi”, - dedi Si Tszinpin.
Shuningdek, u sivilizatsiyalar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro almashinuv jarayonida turizm sohasining muhimligini ta'kidladi. Shu munosabat bilan u XXRning Ipak yo‘li bo‘ylab turistik sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga doir taklif va loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ma'lum qildi. “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi loyihalar ham shular jumlasidandir.
Konferensiyaning qolgan ishtirokchilari – Kamboja podshohi, Singapur, Gretsiya, Shri-Lanka prezidentlari, Armaniston bosh vaziri, YuNeSKO bosh kotibi ham Osiyo mamlakatlari madaniy merosining boy va turfa xil ekanini qayd etib, munosabatlarni ochiqlik, o‘zaro hurmat va do‘stlik ruhida rivojlantirishga chorlashdi.
Mavzuga oid
15:52
Samarqandda “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ekipaj a’zosi bojxona nazoratidan jangovar o‘q-dori olib o‘tishga urindi
07:35
Beshta hududda 16 kg giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024