Jamiyat | 10:25 / 22.05.2019
24833
2 daqiqa o‘qiladi

«Lizing ishi». Yakkasaroy tuman sudida salkam 3 milliard so‘mlik firibgarlik ishi ko‘rilmoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi tomonidan lizing shartnomasi asosida avtomashina berishda firibgarlik qilish bo‘yicha jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda. Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Xasan Xaitov raisligida olib borilayotgan ushbu ish hozircha ma'lum bo‘lgan 53ta avtomashina doirasida olib borilmoqda.

Ish bo‘yicha jami 2 milliard 713 million so‘mdan ortiq summa miqdorida firibgarlik qilingani gumon qilinmoqda. Lizing va sublizing shartnomalari asosida boshqa lizing firmalari tomonidan «A.F» nomli MChJga berilgan.  

«GM Uzbekistan»da ishlab chiqarilgan 53ta avtomobilni fuqarolarga topshirish va'dasini bergan ushbu firma yuqoridagi summani aldov yo‘li bilan egallab o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani gumon qilinmoqda.

Ushbu sud ishida hozircha 23 kishi jabrlanuvchi sifatida qatnashmoqda. Jabrlanuvchilar soni yanada ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.

Sudlanuvchi A.X. o‘ziga qo‘yilgan ayblarni tan olmoqda.

«Kompaniyam og‘ir moliyaviy holatga tushib qoldi. Shu sababli shunday ishlar qilishga majbur bo‘ldim», deydi u sud majlisida.

U sud raisi tomonidan jabrlanuvchilarning ism-familiyalari haqida berilgan savollarga «Bilmayman ular juda ko‘p-ku?», deya javob berdi.

Ayni vaqtda sud jarayoni davom etmoqda. Saytimizda ishning keyingi tafsilotlari ham yoritib boriladi.

Mavzuga oid