Jahon | 23:46 / 24.05.2019
7963
1 daqiqa o‘qiladi

Everestdan tushish vaqtida ikki alpinist halok bo‘ldi

Foto: Thomas Senf/Red Bull Content Pool

Dunyoning eng baland cho‘qqisi Everestdan tushish vaqtida ikki alpinist halok bo‘ldi. Bu haqda Himalayan Times nashri xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, tog‘ning Tibet tomoni va boshqa bir uchastkasidan tushayotgan avstriyalik va hindistonlik ikki alpinist jon bergan.  

Ma'lum qilinishicha, alpinistlar tog‘dan tushishda o‘zlarini yomon his qila boshlaganlar. Birozdan keyin ikkovlari ham jon berishgan.

Everestda may oyida 6 kishi, yil boshidan esa 12 kishi baxsiz hodisalar qurboniga aylandi. Oxirgi raqam Everestda alpinistlarning halokati soni ko‘payishi tendensiyasini namoyish qilmoqda, chunki statistika bo‘yicha yiliga u yerda 10 dan ko‘p alpinist halok bo‘lmagan.

Mavzuga oid